Jeff Bezos bir kunda aql bovar qilmas mablag‘ ishlab topdi

Bu qiziq

image

Dunyoning eng boy odami, Amerikaning Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi kompaniya aksiyalari narxining rekord darajada o‘sishi fonida kuniga 6,4 milliard dollarga oshdi. Bu haqda “Forbes” xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 14 aprel kuni Nyu-York fond birjasidagi yopiq savdolar yakunida Amazon aksiyalari narxi 5.3 foizga ko‘tarilib, rekord darajadagi 2 323 dollarni tashkil qildi.

Shu ma’noda, Bezosning boyligi bugunga kelib, 138 milliard dollarga yetdi.

Yaqinda "Forbes" jurnali dunyoning eng boy odamlar ro‘yxatini chop etgan edi. Unga yer yuzsidagi 2095 ming nafar milliarder kiritildi. Ana shu ro‘yxatda Jeff Bezos 113 milliard dollar boyligi bilan yetakchiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeff Bezos

Baholaganlar

838

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing