JCHda qaysi klub futbolchilari ko‘proq gol urdi?
Sport
−
13 iyul 2778 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionatida “Real Madrid” futbolchilari turli milliy terma jamoalar safida eng ko‘p gol urgan klub sifatida peshqadamlik qilmoqda. Klub futbolchilari mundialda 19 gol kiritdi.
Angliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Norvegiya darvozasiga urgan gollari (2:1) “Real Madrid” futbolchilari tomonidan ushbu mundialda kiritilgan 19-gol bo‘ldi.
Shu tariqa, Jahon chempionatlari tarixida ilk bor bitta klub futbolchilari bir musobaqa davomida jami 19 ta gol urib, yangi rekord o‘rnatdi.
Madrid klubi futbolchilari orasida eng yaxshi natija Kilian Mbappega tegishli. Fransiya terma jamoasi hujumchisi hisobida 8 ta gol bor. Angliyalik Jud Bellingem esa 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shuningdek, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior 4 ta gol urgan bo‘lsa, Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyuler 1 ta gol bilan ushbu natijaga hissa qo‘shdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi egallab turibdi. Parijliklar futbolchilari Jahon chempionatida hozirgacha 13 ta gol kiritgan.
Kuchli uchlikni Germaniyaning “Bavariya” klubi yakunlab turibdi. Myunxenliklar vakillari hisobida 12 ta gol mavjud.
Hozirda Jud Bellingem va Mbappe ham Jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmoqda va klubning natijasini yanada yaxshilash imkoniyati mavjud.