JCH(U-20): Bugun O‘zbekiston Isroilga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 30 may kuni Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak final o‘yinlari start oladi. Mendosa shahrida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi U-20 O‘zbekiston jamoasi isroillik tengqurlariga qarshi to‘p tepadi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida argentinalik Falkon Yael ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Del Yesso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Lopez Kastelyanosga topshirilgan.

O‘yin g‘olibi chorak finalda Braziliya-Tunis qarama-qarshiligida zafar quchgan jamoa bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston-Isroil o‘yini Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi, soat 02:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing