JCH qur’asida O‘zbekistondan kimlar qatnashadi?
Sport
−
25 noyabr 2025 2256 1 daqiqa
Joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosimda O‘zbekiston nomidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va terma jamoa sobiq bosh murabbiyi va o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FAning ma’lum qilishicha, ushbu nufuzli tadbirda Kannavaro va Qosimovdan tashqari O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning shtabi ham ishtirok etadi. Mirjalol Qosimov esa ushbu marosimda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida kelasi yil 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi qaysi savatchada bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025