JCH finali uchun eng arzon chipta 8,7 ming dollardan oshdi
Sport
−
11:34 1184 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati finali uchun chiptalar narxi rekord darajaga yetdi. SeatGeek qayta sotuv platformasida hal qiluvchi bahs uchun mavjud eng arzon chipta barcha xizmat haqlari bilan birga 8 759 dollardan boshlanmoqda.
Platformadagi eng qimmat chiptalar narxi esa 114 ming dollardan oshib ketgan. Xususan, maydonga bevosita yaqin joylashgan 137-sektorning 8-qatoridagi o‘rin uchun 114 500 dollar talab qilinmoqda.Shu sektorning 9-qatoridagi chipta esa – 112 300 dollarga baholangan.
2026 yilgi Jahon chempionatining finali 20 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da AQSHning Nyu-Jersi shtatida joylashgan “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya hamda amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib boradi.
“MetLayf” stadioni rasman 82 500 nafar tomoshabinni qabul qilish imkoniyatiga ega. Finalga bo‘lgan ulkan qiziqish sababli chiptalarga talab juda yuqori bo‘lib, qayta sotuv platformalarida narxlar keskin oshib ketgan.
Live
Barchasi