JCH-2030 finaliga “Santyago Bernabeu” mezbonlik qiladi

Sport

image

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final o‘yini Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bu eng yaxshi qaror bo‘lishiga shubha qilmayapti. Marokash Qirollik futbol federatsiyasi ham final o‘yinini o‘zida qabul qilish bo‘yicha ariza bergan, biroq final Ispaniyaga ishonib topshirildi.

Finalni Madridda o‘tkazish masalasida “Real Madrid” va FIFA o‘rtasida mavjud bo‘lgan ajoyib munosabatlar hal qiluvchi rol o‘ynagan.

2030 yilgi Jahon chempionati oltita davlatda o‘tkaziladi. Turnirning asosiy mezbonlari Ispaniya, Portugaliya va Marokash bo‘ladi. Jahon chempionatining dastlabki uchta o‘yiniga Argentina, Paragvay va Urugvay mezbonlik qiladi. Jahon chempionati o‘yinlari birinchi marta turli qit’alarda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Real Madrid Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing