JCH-2026 FIFA’ga rekord daromad keltirdi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) rekord darajada daromad keltirdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mundial FIFA uchun qariyb 15 milliard dollar daromad keltirgan. Bu tashkilotning dastlabki prognozlaridan ancha yuqori. Avvalroq FIFA turnirdan taxminan 11 milliard dollar daromad olishini kutgan edi.

Manbaga ko‘ra, daromadning keskin oshishiga asosiy omil sifatida o‘yin chiptalari savdosi, jumladan, ularning qayta sotilishi xizmat qilgan. FIFA har bir qayta sotuv bitimida ham xaridordan, ham sotuvchidan 15 foizdan komissiya undirgani umumiy tushumning sezilarli o‘sishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, mehmondo‘stlik (hospitality) xizmatlaridan tushgan daromad ham FIFA moliyaviy natijalarida muhim o‘rin tutdi. Aynan shu ikki yo‘nalish yakuniy daromadning rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lishiga imkon bergan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finali bugun, 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan esa 23:55 da start oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing