JCH-2022. Yaman - O‘zbekiston o‘yini koronavirus sabab qoldirilishi mumkin

Sport

image

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslarida ishtirok etmoqda. Vadim Abramov shogirdlari joriy yilning 31 mart kuni jahon chempionati saralash bosqichi doirasida o‘z guruhida safarda Yaman terma jamoasiga qarshi bahs olib borishi kerak edi.

Lekin, QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, koronavirus dunyo bo‘ylab keng tarqalgani sabab, ushbu uchrashuv noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhida 9 ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilmoqda.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston O'FA futbol JCh-2022 Koronavirus Yaman

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing