Jazoir Rafah bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Xavfsizlik Kengashiga yubormoqchi

Olam

image

Jazoir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga G‘azo sektoridagi Rafah shahrida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi. Bu haqda Jazoirning jahon tashkilotidagi doimiy vakili Amar Benjama jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Jazoir bugun kechqurun Rafah bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini tarqatadi”, deydi u Xavfsizlik Kengashining Rafah masalasi bo‘yicha yopiq yig‘ilishidan keyin. 

Jazoir missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hujjat Rafahdagi qotilliklarni to‘xtatishga qaratilgan qisqa matndir. 

Avvalroq Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de River Xavfsizlik Kengashi Rafahda harbiy harakatlarning oldini olish uchun zudlik bilan harakat qilishi kerakligini aytgan edi. 

Xalqaro jinoiy sud 24 may kuni Janubiy Afrikaning da’vosi bo‘yicha qaror chiqardi, unga ko‘ra, Isroil Rafahdagi harbiy hujumini va shahar aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni to‘xtatishi kerak. Sud, shuningdek, Isroilga Falastin aholisiga yordam ko‘rsatish uchun Rafah o‘tish joyini ochiq saqlashni buyurdi.  

26 may kuni Isroil Xalqaro jinoiy sud qaroriga zid ravishda G‘azo sektoridagi Rafah shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga hujum qildi. Isroil hujumida kamida 45 nafar falastinlik, jumladan ayollar, bolalar va qariyalar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 249 falastinlik yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo sektori Rafahga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing