Jazoir Prezidenti Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi

Olam

image

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun Rossiya rahbari Vladimir Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida aytib o‘tgan.

“Janob Prezident, sizning so‘zlaringizdan shunday xulosaga keldimki, siz butun insoniyatning do‘stisiz, Jazoir kabi dunyoning barcha mamlakatlari bilan do‘stsiz”, deydi Tebbun.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Kremlda Putin va Tebbun o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida chuqur strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan.

Bundan tashqari, Rossiya va Jazoir rahbarlari tegishli kelishuvni imzolash orqali koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olgan.

Muzokaralar chog‘ida Putin mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘p qirrali va katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

U Tebbunni ikkinchi Rossiya-Afrika sammitiga ham taklif qilgan. Tebbun Rossiyaga qurol yetkazib bergani uchun minnatdorlik bildirgan. Uning qayd etishicha, bu Jazoirga mamlakat mustaqilligini saqlab qolish imkonini beradi.

Shuningdek, u Jazoirning BRICS'ga qo‘shilish jarayonini tezlashtirish zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jazoir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing