Jazoir BMTga G‘azo bo‘yicha rezolyutsiya kiritdi. AQSH yana norozi

Olam

image

Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Jazoir davlat televideniyesi xabar berdi. 

Aytilishicha, hujjat ertaga, 20 fevral kuni Xavfsizlik kengashida ovozga qo‘yiladi.

Qo‘shma Shtatlar Jazoirning tashabbusiga qarshi chiqdi.

AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild kecha, 18 fevral kuni Jazoir rezolyutsiyasi loyihasi "qabul qilinmasligini" aytdi. Diplomat Vashington loyihani rad etish uchun veto huquqidan foydalanishi mumkinligiga shama qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 8 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik kengashida Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan taqdim etilgan G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga veto qo‘ygandi. O‘shanda AQSH rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan Xavfsizlik Kengashining yagona a’zosi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT veto Jazoir Xavfsizlik Kengashi G'azo rezolyutsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing