Jazoir armiyasini G‘azoga yuborishga tayyorman – Prezident Tebbun (video)
Olam
−
19 avgust
9101Jazoir Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaralar ochilishi bilanoq G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etayotgan Jazoirning amaldagi rahbari Abdulmajid Tebbun Konstantin shahrida saylov kampaniyasining to‘rtinchi kunida so‘z ochdi.
“Biz hech qachon Falastinni, ayniqsa G‘azoni tark etmaymiz. Allohga qasamki, agar ular bizga ruxsat berib, Misr va G‘azo o‘rtasidagi chegaralarni ochishsa, biz harakat qila olamiz”, deydi Jazoir Prezidenti.
Uning va’da qilishicha, chegaralar ochilib, yuk mashinalar kirishi bilanoq 20 kun ichida Jazoir uchta shifoxona quradi, yuzlab shifokorlarni yuboradi va Isroil tomonidan vayron qilingan barcha narsalarni qayta tiklashga yordam beradi.
Jazoir Prezidenti bir necha bor Falastin masalasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaganini va buni “muqaddas maqsad” deb ataganini ta’kidladi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning eksklavga bostirib kirishi boshlanganidan beri 40 099 falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi. Vaziyat keskinligicha qolmoqda va halokatli mojaroga yechim topish maqsadida vositachilar bilan muzokaralar davom etmoqda.
LiveBarchasi