Jazirama yaqin! O‘zgidromet 11 hudud aholisini ogohlantirdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli, quyidagi hududlarda:

25-28 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 42-44° gacha;

25-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45° gacha;

26-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42° gacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

719

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing