Bakudagi Jahon kubogi Sindorovning mag‘lubiyati bilan tugadi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Bugun, 10 avgust kuni  musobaqa doirasidagi 1/16 final uchrashuvining 2-partiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Unda mazkur bosqichga qadar yetib kelgan yagona o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Hindiston vakili Arjun Erigaisiga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi.

Kecha dastlabki partiyada durang bilan qanoatlangan Sindorov bugungi bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini 4-bosqichda yakunlashga majbur bo‘ldi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston shaxmatchilari uchun Bakudagi Jahon kubogi o‘z nihoyasiga yetdi.

Ma’lumot uchun, mukofot jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan mazkur nufuzli musobaqa 24 avgustga qadar davom etadi. Jahon kubogida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 111 ming, 2-o‘rin sohibi 80 ming, 3-o‘rindan joy olganlar 50 ming dollar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, musobaqada uchta sovrinli o‘rinni egallaganlar 2024 yili shaxmat toji uchun kurashadiganlar qatoriga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Nodirbek Abdusattorov Jahon kubogining 1/64 final bahslari doirasida reytingda o‘zidan 60 pog‘ona pastda bo‘lgan turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon kubogi shaxmat Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing