Javohir Sindorov xalqaro turnirning 5-turida g‘alabaga erishdi

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha “Tata Steel-2023” xalqaro turnirining “Challenger” guruhida 5-tur o‘yinlari yakunlandi. Avval xabar berganimizdek, “Challenger” guruhida Javohir Sindorov O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

5-turda Sindorov slovakiyalik grossmeyster Jergus Pechakga qarshi dona surib, g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston vakili 5 ta imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Besh turdan so‘ng, “Challenger” guruhida turkiyalik Mustafo Yilmaz 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 6-turda Sindorov qora donalarda Braziliya vakili Luis Supiga qarshi bahs olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni “Tata Steel-2023” xalqaro turniring “Masters” guruhi bahslarida Nodirbek Abdusattorov eronlik Parham Magsudluni mag‘lub etgandi. Abdusattorov ham o‘z guruhida 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing