Javohir Sindorov 42,5 ming dollar yutib oldi

Sport

image

Joriy yilning 14-23 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida Super Chess Classic Romania 2026 turniri o‘tkazildi. Unda qatnashgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 42,5 ming dollar yutib oldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster turnir jadvalida 5-ochko bilan kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, amerikalik Uesli So ham 5 ochkodan jamg‘arib, 42 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Musobaqada 6 ochko yiqqan germaniyalik grossmeyster Vinsent Keymer 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, amerikalik Fabiano Karuana 5,5 ochko bilan 2-o‘ringa joylashdi.

Turnirning yakuniy jadvali:

  1. Vinsent Keymer (Germaniya) – 6 ochko ($100 000);
  2. Fabiano Karuana (AQSH) – 5,5 ochko ($65 000);
  3. Javohir Sindorov (O‘zbekiston) – 5 ochko ($42 500);
  4. Uesli So (AQSH) – 5 ochko ($42 500);
  5. Anish Giri (Niderlandiya) – 4,5 ochko ($18 000);
  6. Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya) – 4,5 ochko ($18 000);
  7. Jordan van Forest (Niderlandiya) – 4,5 ochko ($18 000);
  8. Rameishbabu Pragnanandha (Hindiston) – 4,5 ochko ($18 000);
  9. Bogdan-Daniel Dyak (Ruminiya) – 4,5 ochko ($18 000);
  10. Alirizo Firuzja (Fransiya) – 1 ochko ($10 000).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Kiprning Pafos shahri mezbonlik qilgan FIDE Nomzodlar turnirida o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov g‘olib bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing