Jasliqda “shartli garovga olinganlar” ozod etildi
Jamiyat
−
28 iyun 2019
5913Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kuch tuzilmalari Jasliq aholi yashash punktida xavfsizlikni ta’minlash va shartli terrorchi guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikda taktik maxsus o‘quvlarini o‘tkazishdi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hamkorlikdagi o‘quv operatsiyada Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda mahalliy boshqaruv organlarining hududiy bo‘linmalari ishtirok etdi.
Maxsus mashqlar Jasliqdagi ob’ektlardan birida o‘tkazilgan bo‘lib, o‘quv rejasiga asosan u yerda shartli terrorchi guruhlari tomonidan garovga olingan ishlab chiqarish tashkilotining xodimlarini ozod qilish operatsiyasi ko‘rsatildi.
Hamkorlikdagi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan maxsus harakatlar davomida “garovga olinganlar” qutqarilib, shartli dushman kuchlari yo‘q qilindi. Muhandislik bo‘linmalarining xatti-harakatlari bilan bino ichkarisida o‘rnatilgan “portlovchi modda” zararsizlantirildi.
LiveBarchasi