Jasadlar bilan qilingan firibgarlik fosh bo‘ldi
Olam
−
30 iyun 2025 34654 2 daqiqa
Joriy yilning 27 iyun kuni Meksikada tashlab ketilgan krematoriydan (vafot etgan odamlarning jasadlari yuqori haroratda yoqiladigan joy) 381 kishining jasadi topildi. Bu haqda “La Jornada” gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Syuidad-Xuares shahridagi Granxas Polo Gamboa tumanida joylashgan mazkur krematoriy aslida dafn marosimlari agentliklariga xizmat ko‘rsatgan, ammo jasadlarni yoqmagan, balki aldov yo‘li bilan yaqinlariga boshqa odamlarning kulini bergan.
“Ichkaridan topilgan umumiy jasadlar soni 381 taga yetdi. Krematoriy dafn agentliklariga xizmat ko‘rsatgan, ammo bu jarayonda firibgarlikka yo‘l qo‘yilgan – jasadlar yoqilmagan, o‘rniga boshqa odamlarning kuydirilgan qoldiqlari marhumlar deb berilgan”, deyiladi viloyat prokuraturasiga tayanib keltirilgan xabarda.
Gazetaning yozishicha, jasadlar besh-olti xonali, oddiy uyga o‘xshash bino ichida saqlangan va yuzlab jasadlar “jinoiy beparvolik” oqibatida to‘planib qolgan.
Hozirda krematoriy egasi va uning bir xodimi qo‘lga olingan. Ular inson qoldiqlariga nisbatan noto‘g‘ri munosabat, sanitariya qoidalarini buzish, ruxsatsiz dafn va firibgarlik moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Tergov organlari hozirda ushbu krematoriy bilan hamkorlik qilgan dafn agentliklarining faoliyatini tekshirmoqda.
Ma’lumot uchun, krematoriy – bu maxsus bino yoki inshoot bo‘lib, u yerda vafot etgan odamlarning jasadlari yuqori haroratda yoqiladi, ya’ni kuydiriladi. Bu jarayonga krematsiya deyiladi.
Krematoriy odatda maxsus pech (krematsion pech), kutish va xayrlashuv zallari, kulni saqlash va topshirish joylaridan iborat bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025