Jarohatlar seriyasi davom etadi. “Real” yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
24 noyabr 2023 3765 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo Argentina terma jamoasi bilan o‘yinda (0:1) tizzasidan jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarga bormagan. Rodrigo dastlabki tekshiruvlardan o‘tdi. Futbolchi biroz muddat shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchining jarohati jiddiy emas va u fizioterapiya muolajalari yordamida safga qaytishi ehtimoli yuqori, biroq Rodrigoning Ispaniya chempionati doirasidagi “Kadis” va Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Napoli” bilan o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida.
Joriy mavsumda Rodrigo 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 13 turdan keyin “Real” 32 ochko bilan La Ligada 2-o‘rinda bormoqda. Chempionatda “Jirona” 34 ochko to‘plab, yetakchilik qilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust