Jarohat, ko‘z yoshlar, g‘alaba... JCHning 3-kuni qanday o‘tdi? (foto)

Sport

18

Bugun, 9 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 3-kunida erkaklar o‘rtasida 61 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda Janubiy Koreya vakili Rok Kimga teng keladigan raqib topilmadi.

G‘oliblik uchun kurash esa saudiyalik Saraj Alsalim, Gruziya vakili Shota Mishvelidze va Rok Kim o‘rtasida kechdi.

Dast ko‘tarish mashqida Kim birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi pog‘onani Mishvelidze egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Turkmaniston terma jamoasi a’zosi Seitjon Mirzayev yakun yasadi. 

Siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun kurashda ham Rok Kim gruziyalik Mishvelidze va Saudiya vakili Alsalimni ortda qoldirib, kichik oltin medalga ega chiqdi va Jahon chempionligini kafolatladi.

Erkaklar. 61 kg: 

Kim Rok (Janubiy Koreya) – 288 kg (132+156 kg); 
Shota Mishvelidze (Gruziya) – 286 kg (131+155 kg);
Saraj Alsalim (Saudiya Arabistoni) – 282 kg (127+155 kg).

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etmadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati IWF Og'ir atletika Kim Rok Shota Mishvelidze Saraj Alsalim

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing