Jarohat, ko‘z yoshlar, g‘alaba zavqi... Sambo bo‘yicha JCH yakunlandi

Sport

02

Kecha, 14 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 

Uch kun davom etgan keskin va shiddatli musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi – 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza.

Oltin:

58 kg: Bahodir Boqiyev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov 
-98 kg: Nodirjon Mirxoliqov

Kumush:

79 kg: Ulug‘bek Rahmonov
50 kg: Sabina Davlatova
64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
79 kg: Furqat Ro‘ziyev (jangovar sambo)
88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)

Bronza:

59 kg: Ibodatxon Og‘ajonova
71 kg: Istam Qudratov
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)

Ushbu natija orqali O‘zbekiston sambo terma jamoasi Jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunladi. Birinchi o‘rinni ushbu sport turining vatani hisoblangan Rossiya vakillari egallagan bo‘lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), uchinchi pog‘ona Belarus sportchilariga (3 ta oltin, 5 ta bronza) nasib etdi. 

Bunga qadar Roman Shokirov murabbiyligidagi sambochilar dunyo birinchiligida biror marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati g‘oliblarining har biri 4000 AQSH dollari, ikkinchi o‘rin sohiblari esa 3000 AQSH dollari va bronza medal qo‘lga kiritgan sambochilar 2000 AQSH dollaridan pul mukofotlariga ega bo‘lishdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sambo FIAS Toshkent-2021 Jahon chempionat

Baholaganlar

76

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing