Six ham kuymaydi, kabob ham. JAR Putinni hibsga olishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berish uchun rasman ariza bergan. Bu haqda Pretoriya sudiga tayanib, mahalliy “News24” nashri xabar berdi. 

Janubiy Afrikaning yetakchi muxolifat partiyasi bo‘lgan Demokratik alyans Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Putinni hibsga olish haqidagi mart oyida e’lon qilingan qarorini sud orqali amalga oshirishga harakat qilgan. U bu masalada sudga murojaat qilgan.

Partiyaning harakatlari natijasida joriy yilning 17 iyul kuni Janubiy Afrika milliy prokurori Adliya va konstitutsiyaviy rivojlanish vazirligidan Rossiya Federatsiyasi Prezidentini hibsga olish uchun order berish to‘g‘risida rasmiy so‘rov olgan. 

Qayd etish joizki, XJS Rim statutini imzolagan Janubiy Afrika mart oyida chiqarilgan order asosida Vladimir Putinni hibsga olishga majbur. Biroq Janubiy Afrika hukumati va uning Prezidenti Siril Ramafosa XJS oldidagi majburiyatlarini bajarishdan qochishga harakat qilgan. Hatto Ramafosa Putinning hibsga olinishini Rossiyaga urush e’lon qilish bilan barobarligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq joriy yilning 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tadi BRICS sammitida Putinni videoaloqa orqali ishtirok etishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi. Yoxannesburgdagi Rossiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Janubiy Afrika Xalqaro jinoiy sud BRICS Ramafosa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing