JAR BRIKS sammitida Putin qatnashishini tasdiqladi. Moskva hali jim
Olam
−
08 aprel 2023
10012Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) BRIKSga a’zo barcha davlatlar rahbarlari, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham tashkilotning joriy yil avgust oyida bo‘lib o‘tadigan sammitida shaxsan ishtirok etishini tasdiqladi va ayni paytda jarayonga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu haqda assotsiatsiyadagi JAR sherpasi (lavozim – uyushma boshqaruvchisi) Anil Suklalga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Sammitda barcha yetakchilar ishtirok etadi. Rossiya buning aksini da’vo qilgani yo‘q”, dedi u.
Suklalning so‘zlariga ko‘ra, JAR Prezidenti Siril Ramofosa Putinga taklifnoma yuborgan, buning uchun Rossiya Prezidenti unga minnatdorchilik bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, JAR rasmiylari tashkilotning barcha mamlakatlari rahbarlari ishtirokida to‘laqonli sammitga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Bizning idoramiz bu masalani muhokama qilish bilan band”, dedi sherpa.
Moskva hozircha Putinning BRIKS sammitidagi ishtiroki haqida rasmiy bayonot bermadi. Mart oyida davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli qaror hali qabul qilinmaganini aytdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Janubiy Afrika Respublikasi BRIKSning 15-sammitiga mezbonlik qiladi. U Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Afrika davlatini birlashtiradi. Iqtisodiy blokka yana bir qancha davlatlar, jumladan, Argentina va Eron qo‘shilish istagida. Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr ham BRIKSga qo‘shilish istagida.
LiveBarchasi