Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasi Oygul Japarovani kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 iyul kuni Sadir Japarov “Ko‘ksaroy” qarorgohida tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev va Japarov tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, prezidentlar yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bugun, 19 iyul kuni Prezidentlar – Sadir Japarov hamda Shavkat Mirziyoyev birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan-qal’a qo‘riqxonasi davlat tarixiy-arxitektura muzeyi va Nurillaboy saroyiga tashrif buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Urganch Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made