Japarovning kiyimi yana omma e’tiborini tortdi
Olam
−
09 fevral 2023
31245Qirg‘iziston segmentidagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mamlakat Prezidentining kiyinish uslubini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda “24 kg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir necha kun avval Qo‘y-Tosh harbiy qismiga rejadan tashqari tashrif buyurgan Prezident Japarovning ust boshi yana omma og‘ziga tushgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Japarov egnidagi PAUL & SHARK brendiga mansub kardiganga e’tibor qaratgan. Brendning rasmiy saytida ushbu kardigan hozirda 781,20 yevroga baholanmoqda. Biroq avval uning narxi 1116 yevroni tashkil etgan.
Ta’kidlash joizki, davlat rahbari moda yo‘nalishlarini kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi. Bu esa ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yilning fevral oyida uning Italiya brendining qimmatbaho kurtkasida poytaxt bozorlarini kezgani, avgust oyida 5000 dollarlik kardigani, 2020 yilda esa 3000 dollarlik jileti muhokama qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Japarov o‘z daromadiga qaraganda 2,5 barobar qimmatroq kiyinishi aytilgandi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi