Japarov taqdirlagan “zamhokim” qo‘lga olindi

Olam

image
Hokimlar ovi: Qirg‘izistonda yana bir hokim qo‘lga olindi (video) north_east

Hokimlar ovi: Qirg‘izistonda yana bir hokim qo‘lga olindi (video)

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning 16 iyul kuni Tunguchda aholi bilan uchrashuvidan so‘ng Bishkek shahri hokimining o‘rinbosari Jamolbek Irsaliyev qo‘lga olindi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Jamolbek Irsaliyev 1975 yil 28 avgustda tug‘ilgan.

2009 yilda Xalqaro menejment, huquq, moliya va biznes akademiyasini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha, 2015 yilda esa Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasini davlat va munitsipal boshqaruv mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1998-2003 yillarda “Islom madaniyati” gazetasi bosh muharriri, 2002-2008 yillarda “Tenir-Too-Dordoy” jamoat tashkiloti boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

2015 yil 30 iyundan 2016 yil oktyabrgacha Bishkek shahar kengashi deputati bo‘lgan.

Keyinchalik u Bishkek hokimligi tuzilmasida rahbarlik lavozimlarini egallashni boshlagan. 2020 yilning oktyabridan 2021 yilning iyuniga qadar Bishkek shahrining uy-joy va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosari, 2021 yilning iyunidan 2021 yilning sentyabrigacha esa birinchi hokim o‘rinbosari bo‘lgan.

2021 yilning sentyabridan 2022 yilning martigacha Pervomay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

2022 yilning mart oyida u yana hokim o‘rinbosari bo‘ldi va o‘sha yilning may oyida “Bishkekteploenergo” davlat kommunal xo‘jaligi direktori etib tayinlandi.

2023 yilning avgust oyida u Markaziy saylov komissiyasiga 2023 yilning 10 sentyabrida bo‘lib o‘tgan takroriy saylovda 26-sonli Lenin saylov okrugi bo‘yicha Jogorku Kenesh deputatligiga nomzodini qo‘yish niyati to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. Saylovda u 8,70 foiz ovoz olgan.

2024 yil 14 mayda u yana shahar hokimining transport, yo‘l infratuzilmasi va raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

2024 yilning dekabr oyi oxirida Prezident Sadir Japarov farmoni bilan Qirg‘iziston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Bishkek shahri hokim o‘rinbosari Taalaybek Boygaziyev pora olishda gumonlanib, hibsga olingandi. Shuningdek, To‘qmoq shahri hokimi Maqsad Nusuvaliyev hokimlik yig‘ilishi paytida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyevning buyrug‘i bilan hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamolbek Irsaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar