Japarov Si Szinpin huzuriga borishdan oldin o‘zini izolyatsiya qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Xitoyga bo‘lajak amaliy tashrifi munosabati bilan masofaviy ish rejimiga o‘tdi, biroq to‘liq ish tartibini saqlab qoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qilgan. 

Qayd etilishicha, Prezidentning masofiy ish rejimiga o‘tishi dunyoda koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyatda epidemiologik xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur.

Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov joriy yilning 3-5 fevral kunlari Xitoyda bo‘ladi. Xitoyda u Pekindagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek XXR raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing