Japarov matbuot kotibini Belarusga “badarg‘a” qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 2021 yildan buyon o‘zining matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Erbol Sultonboyevni Belarusga “badarg‘a” qildi. Endilikda Erbol Sultonboyev Prezident Japarov imzolagan farmon bilan Qirg‘izistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 

U, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining nizom organlaridagi doimiy vakolatli vakili bo‘lib, o‘rindoshlik asosida ishlaydi. 

Prezident tomonidan imzolangan boshqa bir hujjat bilan Ermek Ibraimov Qirg‘izistonning Belarusdagi elchisi lavozimidan ozod etildi. 

Erbol Sultonboyev 2008-2013 yillarda Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universitetining Iqtisodiyot fakultetida bank ishi yo‘nalishida tahsil olgan. 2014-2015 yillarda esa Rossiya Davlat intellektual mulk akademiyasini (Moskva) intellektual mulk mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.  
2013-2016 yillarda Qirg‘iziston davlat yuridik akademiyasining magistratura bosqichida o‘qigan. 

U faoliyati davomida 2016-2017 yillarda hukumat matbuot xizmati eksperti, 2017 yil Hukumat matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, 2017-2019 - hukumat matbuot xizmati eksperti, 2019-2020 yillarda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi (matbuot xizmati) tahliliy ish sektori eksperti, 2020-2021 yillarda Prezident matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

2021 yilning may oyidan Prezident matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing