Japarov Qozog‘istonga bordi
Olam
−
18 aprel
6172Bugun, 18 aprel kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi. Bu haqda Prezident ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrif doirasida Qirg‘iziston rahbari qozog‘istonlik mavqedoshi bilan muzokaralar o‘tkazadi va Qirg‘iziston va Qozog‘iston Oliy Davlatlararo Kengashining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Prezidentlari ishtirokida Ostona markaziy ko‘chalaridan birida Manas Hazrati haykali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.
Davlat tashrifi doirasida “Qirg‘iziston-Qozog‘iston” biznes-forumi oqsoqollar va ijodkor ziyolilar davra suhbati, Qirg‘iz-Qozoq yoshlar forumi, Jusup Abdurahmonovga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman va “Qirg‘iziston va Qozog‘istonning dolzarb muammolarini hal etishda ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari” olimlar forumi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 18-19 aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilmoqda.
LiveBarchasi