Japarov qancha mulki borligini ochiqladi
Olam
−
15 fevral
20208Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 20 million dollarlik mulkka egalik qilishini tan oldi. Bu haqda u bugun, 15 fevral kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Japarov ushbu mulkni qonuniylashtirish uchun davlatga 1 million qirg‘iz somi to‘laganini aytgan.
"Mening xorijda jamg‘armalarim yo‘q, agar bo‘lsa ham, ularni banklarimizga qo‘ygan bo‘lardim. Men namuna bo‘lmoqchi bo‘ldim va birinchi bo‘lib o‘z mulkimni qonuniylashtirdim”, deydi Japarov.
Shuningdek, Prezident mamlakat poytaxti Bishkekda unga tegishli bino borligini ma’lum qildi.
“Biz bu binoni 2005 yilda qura boshlaganmiz va 2010 yilda tugatganmiz. Aprel inqilobidan keyin u “Ata-Jurt” partiyasining shtab-kvartirasi sifatida foydalanilgan. Muxolifatda bo‘lganimiz uchun ta’qibga uchraganimizga qaramay, yer va bino uchun muntazam ravishda soliq to‘laganmiz”, deya tushuntirgan Prezident.
Japarov 2020 yilda prezidentlik saylovlarida mazkur binodan shtab sifatida foydalanganini qo‘shimcha qilgan.
“O‘shandan beri u to‘liq ishga tushdi. Albatta, avvallari binolarim boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, endi ularni o‘z nomimga qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun asosida rasmiylashtirdim”, deya ta’kidlaydi Japarov.
Prezident Qirg‘izistondagi boy fuqarolarni o‘z mulklarini qonuniylashtirish imkoniyatidan foydalanishga chaqirdi.
LiveBarchasi