Japarov etnik qirg‘izlarga bir kunda fuqarolik berishni buyurdi

Olam

−

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov etnik qirg‘izlarga fuqarolik va pasportni bir kun ichida rasmiylashtirib berish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Botken shahri aholisi bilan uchrashuvda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga borib, qirg‘izistonlik erkakka turmushga chiqqan etnik qirg‘iz ayolning murojaatini tinglagan. Ayol uzoq vaqtdan beri Qirg‘iziston fuqaroligini ololmayotganini bildirgan.

Japarov ushbu masalani ko‘rib chiqishni topshirgan. Shuningdek, Afg‘oniston va Tojikistondan borgan etnik qirg‘izlar hamon pasport ololmayotganini aytgan.

“Qirg‘iz bo‘lsa, ortiqcha tekshirib o‘tirmang, darhol bir kun ichida bering”, degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tgan qishloqlar aholisiga Qirg‘iziston fuqaroligi berilishi haqida xabar berilgan edi. Xususan, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tkazilgan Cho‘ng‘ara va Tosh-Tepa qishloqlarida taxminan 2,5 ming nafar aholi yashaydi. Shuningdek, 2026 yil 3 avgustdan boshlab ushbu hududlar aholisini ro‘yxatga olish va hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, jarayon yakunlanganidan so‘ng ularga Qirg‘iziston fuqaroligi berilishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda bir yildan ortiq muddat yashayotgan 4 397 nafar Qirg‘iziston fuqarosi ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing