Japarov dam olish uchun Issiqko‘lga bordi. Aholi vakillari uni o‘rab oldi (video)

Olam

image

Bugun, 19 iyul kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat hududida joylashgan Issiqko‘lda bo‘lib turibdi. Bu katta ehtimol bilan ertaga yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan belgilangan dam olish kunlari bilan bog‘liq. Qirg‘iziston Prezidenti o‘zining Telegram kanalida post qoldirdi va barchani sohilga dam olishga taklif qildi.

“Issiqko‘l. Bu yerda deyarli bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni uchratish mumkin. Qish, kuz, bahor va yoz. Bugun 2021 yil, 19 iyul. Butun dunyodan Issiqko‘lda dam olishga keling. Iyun, iyul, avgust — yozgi ta’til uchun yaxshi vaqt. Noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart oylari — Qorako‘lda chang‘i uchish vaqti. Xush kelibsiz!” deya yozgan Sadir Japarov.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat Prezidenti Cho‘lpon-Ota shahrining sohiliga borgani aks etgan fotosurat tarqalmoqda. Fotosuratlarga ko‘ra, u sohilda dam olib yurgan aholi vakillari bilan suratga tushgan. Mahalliy OAVning Prezident ma’muriyatiga tayanib xabar berishicha, Sadir Japarov haqiqatan ham Issiqko‘lda bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov joriy yilning 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida 79,23 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lib, 28 yanvardan o‘z lavozimiga kirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing