Japarov ham Islom sammitida qatnashish uchun Saudiyaga bordi
Olam
−
11 noyabr 2023
8865Bugun, 11 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ar-Riyod xalqaro aeroportida davlat rahbarini poytaxt gubernatori o‘rinbosari shahzoda Muhammad bin Abdulrahmon bin Abdul Aziz kutib olgan.
“Prezident Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning navbatdan tashqari Islom sammitida ishtirok etadi, unda Falastin-Isroil mojarosi muhokama qilinadi”, degan Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi rahbari Muratbek Azimbakiyev.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Japarovga Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev va Saudiya Arabistonidagi elchi Ulug‘bek Maripov hamrohlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Parijga amaliy tashrifi doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
LiveBarchasi