Erdo‘g‘an Saudiyaga jo‘nab ketdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining navbatdan tashqari qo‘shma sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi

Bortida Turkiya davlat rahbari bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Anqaradagi Esenbog‘a aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Tashrif chog‘ida Turkiya davlati rahbariga Prezident ma’muriyati qoshidagi aloqa idorasi rahbari Faxriddin Altun, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin va Prezidentning bosh maslahatchisi, elchi Akif Chag‘atay Qilich hamrohlik qilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an Isroilning bosib olingan Falastin yerlariga va asosan G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari muhokama qilinadigan sakkizinchi navbatdan tashqari Islom sammitida ishtirok etadi. Sammitda islom dunyosi vakillarining o‘zgarishlarga qarshi tashlanishi kerak bo‘lgan aniq qadamlar haqida fikr almashishi kutilmoqda. Prezident Erdo‘g‘anning sammitda nutq so‘zlashi va tadbir ishtirokchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkiloti sammiti qarorlari Isroilning G‘azodagi agressiyasini to‘xtatish yo‘lida katta qadam bo‘lishi mumkinligiga umid bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Saudiya Arabistoni Rajab Toyib Erdo'g'an Islom hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing