Janubiy vokzal yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
16 Sentabr 2025 8626 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektron peshtaxtada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 07:26 da Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida elektron reklama peshtaxtasi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:31 da yetib borib, yong‘in soat 07:40 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
QALAMPIR.UZ’ga kelgan videolarga ko‘ra, yong‘in poytaxtdagi Janubiy vokzal yaqinida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan plastmassa quvur sexida yong‘in chiqqandi.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel