Janubiy Osetiya nima uchun Rossiyaga qo‘shilmoqchiligi oshkor bo‘ldi
Olam
−
31 mart 2022
21949Janubiy Osetiya sub’ekt sifatida Rossiya tarkibiga kirib, keyinchalik esa Shimoliy Osetiya bilan birlashish niyatida. Bu haqda Janubiy Osetiya Prezidenti Anatoliy Bibilov ma’lum qildi.
“Bizda allaqachon Alaniya bor: ham Shimoliy Osetiya-Alaniya va Janubiy Osetiya ham – Alaniya davlati hisoblanadi. Biz Rossiya Federatsiyasining bir qismi bo‘lganimizda, sub’ektlarni birlashtirish bilan bog‘liq tartiblar ham bo‘ladi. Hozirda Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasi tarkibiga Rossiya sub’ekti sifatida kirishi mumkin. Mening fikrimcha, Osetiyani birlashtirish zarur”, deydi Bibilov
Uning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish jamiyat uchun muhim bo‘lgan respublika xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi.
“Rossiya Federatsiyasining yangi Konstitutsiyasida mamlakat tarkibidagi hududlarni hech kimga bermasligi belgilab qo‘yilgan. Bu Janubiy Osetiya Respublikasi aholisi xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi”, deydi Osetiya rahbari.
Bibilovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning bir qismi sifatida respublika iqtisodiy rivojlanish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi “besh kunlik urush”dan ko‘p o‘tmay, Rossiyaning o‘sha paytdagi Prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘shandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasini bir necha bor e’lon qilgan edi.
Avvalroq, Janubiy Osetiya yaqin kelajakda Rossiyaga qo‘shilish uchun “qonuniy qadamlar” qo‘ymoqchiligi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15