Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri 23 yilga qamaldi

Olam

image

Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su 2024 yil dekabr oyida sobiq prezident Yun Sok Yol tomonidan harbiy holat joriy etishga urinishda ayblanib, 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Prokuratura 15 yillik qamoq jazosini so‘ragan. Bu haqda bugun, 21 yanvar kuni Seul markaziy okrug sudiga tayanib, mahalliy OAV xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Xan Dok Su o‘sha paytdagi prezident Yun Sok Yolning harbiy holat to‘g‘risidagi farmonini vazirlar mahkamasi yig‘ilishida tasdiqlash orqali unga “protsessual qonuniylik” berishga uringan. Bosh vazir ham harbiy holat to‘g‘risidagi farmonni soxtalashtirish va keyin uni yo‘q qilishda aybdor deb topilgan. Yana bir ayblov Yunning impichment sudi paytida yolg‘on ko‘rsatma berish bo‘lib, unda Xan harbiy holat to‘g‘risidagi farmonni bilmaganini da’vo qilgan.

Bundan tashqari, sud jarayonida sobiq bosh vazir sobiq prezidentga harbiy holat joriy etilishiga qarshiligi haqida gapirganini aytgan. Sud Xan konstitutsiyani himoya qilish majburiyatlarini e’tiborsiz qoldirganini va to‘ntarishga urinish muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonib, unda ishtirok etishni tanlaganini aniqlagan. Siyosatchi sud qaroriga apellyatsiya berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 16 yanvar kuni Seul markaziy okrug sudi sobiq prezidenti Yun Sok Yolni 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etishga urinishi bilan bog‘liq bir nechta ayblovlar bo‘yicha 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Xususan, u rasmiy hujjatlarni soxtalashtirishda va harbiy holat joriy etish uchun qonuniy talablarga rioya qilmaslikda aybdor deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya qamaldi sobiq bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing