Janubiy koreyalik josus Kim Chen Inning o‘rnini kim egallashini bashorat qildi

Olam

image

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati direktori lavozimiga nomzod Cho Txe Yon Shimoliy Korea rahbarining qizi Kim Chju Eni Shimoliy Koreya yetakchisining o‘rniga tayyorlanayotganini taxmin qilmoqda. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi ma’lum qildi.

Jumladan, Cho Txe Yon o‘zining nomzodligi bo‘yicha parlament eshituvlari doirasida bir qancha savollarga yozma javob bergan. 

“Omma qarshisidagi chiqishlari va tadbirlarda ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtiromni tahlil qilsak, Kim Chju E otasining birinchi darajali merosxo‘ri bo‘lib ko‘rinadi”, deydi Txe Yon .

Agentlikning qayd etishicha, bu Janubiy Koreya razvedkasi tomonidan Kim Chju E roliga bunday baho berilgan birinchi bayonotdir. Ilgari Milliy razvedka xizmati Kim Chen Inning qizi uning merosxo‘ri bo‘lishi uchun yoshlik qilishini aytayotgandi. Shu bilan birga, Cho Txe Yon razvedka hech qanday variantni istisno qilmasligini qo‘shimcha qildi, chunki KXDR yetakchisi hali yosh va sog‘lom.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chju E 2013 yilda tug‘ilgan. U birinchi marta 2022 yil 18 noyabrda, otasi bilan yangi Xvason-17 qit’alararo ballistik raketasi sinovida qatnashganida ommaga ko‘rinish bergan. KXDR ommaviy axborot vositalari uni “suyukli” va “hurmatli qiz” deb atashadi. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inning jinsi noma’lum yana bir farzandi bor. Avvalroq Seulda KXDR yetakchisining uchta farzandi, jumladan, to‘ng‘ich o‘g‘li va jinsi noma’lum uchinchi farzandi borligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyi oxirlarida Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan 2018 yil 19 sentyabrdagi harbiy keskinlikni kamaytirish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing