Janubiy Koreyadagi litiy batareya zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
24 iyun
4115Bugun, 24 iyun kuni Janubiy Koreyadagi litiy batareya zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Yonhap” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in soat 10:30 da litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi “Aricell” kompaniyasining Seul shahridan 45 kilometr janubda joylashgan Xvasondagi zavodida boshlangan. Asosiy yong‘in soat 15:00 da nazorat ostiga olingan. Xabar qilinishicha, yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra umumiy maydoni qariyb 2300 kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli temir-beton binoda sodir bo‘lgan.
Zavodning ikkinchi qavatidan qochgan guvohlardan biri yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda bir akkumulyator batareyasida sodir bo‘lgan portlash yong‘inga sabab bo‘lganini aytgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda bedarak yo‘qolgan 23 kishidan 20 nafari xorijlik, jumladan, Xitoy fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda.
“Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Li Sang Min barcha tegishli davlat idoralari va mahalliy idoralardan yong‘inni o‘chirish va tirik qolganlarni qutqarish uchun barcha mavjud resurslar va xodimlarni safarbar qilishni so‘radi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondagi ko‘p qavatli binoda kuchli yong‘in yuzaga kelgandi.