Janubiy Koreyada shifokorlar ish tashlamoqda
Olam
−
22 fevral
9417Koreya Respublikasidagi yirik shifoxonalar bemorlarga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda “YonhapNews” agentligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, shifokorlar tibbiyot muassasalarida tibbiyot fakulteti talabalari hamda stajyorlarning ko‘payib ketganidan norozi bo‘lgan va ketma-ket uchinchi kun ish o‘rinlarini namoyishkorona tark etishmoqda.
Rasmiylar stajyorlar va rezident shifokorlar tarafini olgani sababli, soha vakillari va hukumat o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Pak Min Su shifoxonadagi vaziyat bilan tanishganida, 9 ming 275 nafar stajyor mutaxassislar iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirgani va ulardan 8024 nafari ishini tark etgani ma’lum bo‘lgan.
Vazir o‘rinbosari tibbiyot xodimlarini yig‘ib, ular bilan uchrashuv o‘tkazgan. Mansabdor ularni hukumat bilan muzokaralar olib borishga chaqirib, ayni paytda bemorlar ularning ko‘magiga muhtojligini eslatib qo‘ygan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi