Janubiy Koreyada ikki kundan buyon yirik o‘rmon yong‘ini kuzatilmoqda
Olam
−
24 fevral 1593 1 daqiqa
Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 280 kilometr janubi-sharqda joylashgan Miryang tumanida ikki kundan buyon katta yong‘in kuzatilmoqda. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni “Yonhap” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in tog‘ yonbag‘rida boshlangan. O‘rmon xo‘jaligi rasmiylari yong‘in taxminan 6 kilometrgacha cho‘zilganini, uning qariyb yarmi nazorat ostiga olinganini bildirgan.
Xavfsizlik chorasi sifatida 184 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Quruq ob-havo yong‘inning tez tarqalishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.
Vaziyat jiddiyligi sababli “2-darajali o‘rmon yong‘inlariga javob berish buyrug‘i” e’lon qilingan. Bu tartib odatda 48 soatdan ortiq davom etishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Xabarlarga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun 600 dan ortiq xodim va 160 ta o‘t o‘chirish texnikasi safarbar etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda Yevropa Ittifoqi hududida 1 million gektardan ortiq o‘rmonlar yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi