Janubiy Koreya razvedkasi favqulodda holat rejimiga o‘tdi

Olam

image

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreyaning (KXDR) ehtimoliy provokatsiyalari sababli favqulodda holat rejimiga o‘tdi. Bu haqda xizmat rahbariyati yig‘ilish davomida ma’lum qilgan.

“Shimoliy Koreya yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali jamoatchilik fikrini bo‘lishga urinishi mumkin”, deyiladi agentlik xabarida.

Keng miqyosdagi kiberhujumlar va dron hujumlari kabi past intensivlikdagi provokatsiyalar ehtimoli ham inkor etilmaydi.

Qayd etilishicha, agentlik KXDRda kechayu kunduz kuzatuv olib boradi va asosiy xavfsizlik ob’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 21 dekabr kuni Shimoliy Koreya rasmiylari mamlakatga qarshi yadro qurolini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday provokatsiyaga yadroviy zarba bilan javob berishni va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya joriy yil sentyabr oyi o‘rtalarida KXDR bilan aloqador 12 nafar shaxsga sanksiya qo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Milliy razvedka Shimoliy Koreyaning

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing