Janubiy Koreya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda jurnalistlarga Janubiy Koreya yetakchisi ma’muriyati xodimi Kim Txe Xyo ma’lum qildi.

“Markaziy Osiyo qadimiy Ipak yo‘lining asosiy qismi bo‘lgan, Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi strategik maskan edi", deydi Milliy xavfsizlik byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Kim Txe Xyo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat kabi ko‘plab inqirozlar fonida mintaqaning ahamiyati ortib bormoqda. Prezidentga rafiqasi hamrohlik qiladi.

May oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yun Sok Yolni Shveysariyada 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qilgan edi. 3 iyun kuni Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifnoma hali ham ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing