Janubiy Koreya Prezidenti Oq uyda qo‘shiq aytib berdi (video)
Olam
−
27 aprel 2023
11110Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol 1970 yillarning xit qo‘shig‘ini kuylab, AQSH Prezidentini hayratda qoldirdi. U Jo Bayden uyushtirgan kechki ovqatda “Amerika pirogi” nomli qo‘shiqni kuylagan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yun Sok Yol Oq uyga tashrifida baland ovozda Don Maklinning “Amerika pirogi” qo‘shig‘ini kuylagan. Bayden Yolga Don Maklin ularga qo‘shilish uchun Oq uyga kela olmaganini aytib, uning imzosi tushirilgan gitarani sovg‘a qilgan.
Qayd etish joiz, Yun Sok Yol olti kunlik davlat tashrifi bilan Vashingtonda bo‘lib turibdi. Mamlakatlar prezidentlari yarimoroldagi vaziyatni muhokama qilgan. Kechki ovqatda Janubiy Koreya Prezidenti Amerika musiqasiga bo‘lgan muhabbati bilan o‘rtoqlashgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 aprel kuni AQSH va Janubiy Koreya yetakchilari Oq uyda Shimoliy Koreyaning raketa va bomba arsenali ortib borayotgani uchun yadroviy kuchayishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muzokara o‘tkazgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi