Janubiy Koreya Prezidenti xalqdan uzr so‘radi
Olam
−
07 dekabr
5619Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etish qarori uchun xalqdan uzr so‘radi. Bu haqda u to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda qilgan telemurojaatida so‘z ochdi.
“Men o‘z harakatlarim uchun chuqur uzr so‘rayman”, dedi Prezident va bosh egib ta’zim qildi.
Shuningdek, Yun Sok Yol o‘z harakatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olishga va agar jazo berilsa, undan qochmaslikka va’da berdi.
“Men harbiy holat e’lon qilish bo‘yicha harakatlarim uchun siyosiy va huquqiy javobgarlikdan qochmoqchi emasman”, dedi Prezident.
Bundan tashqari, u so‘nggi kunlarda Janubiy Koreya siyosiy doiralari va ommaviy axborot vositalarida yana harbiy holat e’lon qilinishi ehtimoli faol muhokama qilinishi ortidan bunday bo‘lmasligini ta’kidladi.
“Ochig‘ini aytaman, ikkinchi harbiy holat bo‘lmaydi”, dedi Yun Sok Yol.
Ma’lumot uchun, Prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berish bugun, 7 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 17:00 da o‘tkazilishi kutilmoqda. Janubiy Koreya parlamentidagi hukmron “Toburo” partiyasi 300 ta o‘rindan 108 tasini nazorat qiladi. Prezidentni lavozimidan chetlatish uchun 200 nafar deputatning ovozi zarur. Hozircha impichment tashabbusi bilan 191 nafar deputat chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etishga uringanidan so‘ng uning reytingi rekord darajada past ko‘rsatkich – 13 foizga tushib ketgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi