Janubiy Koreya Polshaga 400 ga yaqin tank va gaubitsa yetkazib beradi

Olam

image

Janubiy Koreya Polshaga tank va gaubitsalarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylanadi. Mamlakatlar kamida 400 dona texnika yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kecha, 26 avgust kuni Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashak ma’lum qildi.

Birinchi partiyalarga Janubiy Koreyaning o‘nta K2 Black Panther  tanki (“Qora Pantera”), shuningdek, 24 ta K9 Thunder o‘ziyurar gaubitsalari kiradi. Umuman olganda, Polsha kelishuv doirasida Janubiy Koreya tomoni 2025 yilgacha taqdim etishi kerak bo‘lgan 180 ta tank va 212 ta gaubitsa sotib oladi.

Blashakning so‘zlariga ko‘ra, Polsha o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlamoqda, oktyabr oyida esa polshalik harbiy xizmatchilar yangi texnikani o‘zlashtirish maqsadida Janubiy Koreyaga malaka oshirishga boradi.

“Biz sharqiy chegaramizdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealardan xulosa chiqaramiz. Xavfsizlik uchun quruqlik, tank qo‘shinlari va artilleriyani rivojlantirish muhim”, deydi vazir.

Qayd etilishicha, yetkazib berish 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan. K2 hozirda xizmat ko‘rsatayotgan yagona to‘rtinchi avlod tankidir: u 120 mm avtomatik to‘p, ikkita pulemyot va boshqariladigan tankga qarshi raketa bilan jihozlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Blashak avvalroq Yevropa davlatlari orasida NATOning quruqlikdagi eng kuchli davlati Polsha bo‘lishini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing