Janubiy Koreya Oyda baza qurmoqchi

Olam

image

Janubiy Koreya 2045 yilgacha doimiy Oy bazasini barpo etish niyatida ekanini e’lon qildi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.

Mamlakatning KASA kosmik agentligi yo‘l xaritasini taqdim etdi, unga ko‘ra mamlakat 2045 yilgacha Oyda logistika va iqtisodiy bazani yaratadi. Rejalarga oy moduli, transport tizimlari, resurslarni rivojlantirish va infratuzilmani qurish kiradi.

Qayd etilishicha, 1960-1970 yillardagi vaqtinchalik missiyalardan farqli o‘laroq, yangi urg‘u “bayroqlar va oyoq izlari”ga emas, balki barqaror infratuzilmaga qaratilgan.

KASA shuningdek, 2035 yilga borib Quyosh va Yerning tortishish kuchlari muvozanatlashgan Lagrange L4 nuqtasiga Quyosh kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshini joylashtirish missiyasini ham ko‘zda tutadi.

  • 2030 yilgacha – birinchi milliy astronomik sun’iy yo‘ldosh uchiriladi;
  • 2040 yilgacha – Oyga qo‘nish moduli yuboriladi;
  • 2045 yilgacha – doimiy Oy bazasi quriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya hozirda ishlab chiqilayotgan o‘zining uzoq masofali havo-yer boshqariladigan raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Oy baza KASA Lagrange L4

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing