Janubiy Koreya Mudofaa vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Bugun, 4 dekabr kuni Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Kim Yon Xyong harbiy holat joriy etish rejasi bilan jamoatchilik xavotirini yuzaga keltirgani uchun uzr so‘radi va iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror Prezidentning kutilmaganda favqulodda harbiy holatni e’lon qilishi va so‘ngra qarorni bekor qilishi ortidan kelib chiqqan.

“Favqulodda harbiy holat tufayli yuzaga kelgan barcha chalkashliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olib, Prezidentga iste’foga chiqish niyatimni bildirdim”, degan vazir.

Qolaversa, Mudofaa vaziri Prezident Yun Sok Yolga ham minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol ma’muriyati rahbariyati harbiy holatning kiritilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat fonida bir vaqtning o‘zida iste’foga chiqqani haqida xabar berilgandi. Iste’foga chiqqanlar orasida Prezident ma’muriyati rahbari Chung Jin Suk, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Sin Vonsik va Siyosat bo‘yicha shtab boshlig‘i Son Tae-Yun, shuningdek, yana yetti nafar katta yordamchi bor. Biroz vaqt o‘tgach, Janubiy Koreya Bosh vaziri Xan Doksu ko‘plab iste’folar va Prezidentning iste’foga chiqishiga chaqiriqlar kuchayib borayotganidan keyin muvaqqat rahbar etib tayinlangandi. U Vazirlar Mahkamasini nazorat qiluvchi Bosh vazir sifatida hozirgacha bo‘lgan barcha voqealar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu paytdan boshlab Vazirlar Mahkamasi mamlakat barqarorligi va odamlarning kundalik hayotiga ta’sir qilmasligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishi kerak.

 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya harbiy holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing