Janubiy Koreya-Markaziy Osiyo birinchi sammiti qachon o‘tkazilishi aytildi
Olam
−
09:08 421 1 daqiqa
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi birinchi sammit joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Cho Xyon 12 fevral kuni Seul shahrida o‘tgan tayyorgarlik yig‘ilishida ma’lum qildi.
Sammitda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya tomoni ushbu uchrashuv ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlamoqda. Tomonlar uzoq muddatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Kun tartibiga diplomatik aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari kiritilgan. Yangi hamkorlik formati alohida loyihalardan tizimli, ko‘p tomonlama hamkorlikka o‘tishni nazarda tutadi. Xususan, energetika, texnologiya va logistika sohalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Live
Barchasi