Janubiy Koreya birinchi raketa tashuvchisini uchirdi (video)
Texnologiya
−
21 Oktabr 2021 7342 1 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Janubiy Koreya birinchi shaxsiy “Nuri” (KSLV-II) raketa tashuvchisining muvaffaqiyatli parvozini amalga oshirdi.
“Bugun soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00) “Naro” kosmodromidan uchirilgan “Nuri” raketasining parvozi yakunlandi”, deyilgan Fan, texnologiya va aloqalar vazirligi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, texnologlar parvozdan so‘ng ma’lumotlarni tahlil qilgan.
Parvozning oltinchi daqiqasida “Nuri” 500 kilometr balandlikka chiqqan va ikki daqiqadan so‘ng 600 kilometrga ko‘tarilgan. Soat 17:15 da (Toshkent vaqti bilan 13:15) og‘irligi 1,5 tonna bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh yuki muvaffaqiyatli ajratilgan.
Live
Barchasi